Laminasiya qilish poligrafik mahsulotga uning tashqi ko’rinishini yaxshilaydigan va mexanik mustahkamligini oshiradigan, shuningdek fizikaviy va kimyoviy ta’sirlarga chidamliligini sezilarli darajada kuchaytiradigan shaffof plyonkani yelimlash jarayonini o’z ichiga oladi.

Laminasiya qilish foydalanish jarayonida katta mexanik zo’riqishlar (yuklanishlar)ga, jadal yeyilishga, agressiv ximikatlar ta’siriga, suvga botirilishga va h.k. ta’sirlarga duch keladigan yorliqni ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Laminasiya qilingan tavsirning fayzi oshadi, surat sifati yaxshiroq bo’ladi, bo’yoqlar esa uzoq vaqt o’z yorqinligini saqlab qoladi.

 
 

Ikki qatlamli material

Qo’llanilish sohasi: turli xil oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlarini o’rab joylashtirish, kelgusida kashirlash va liminasiya qilish usuli bilan ishlov berish uchun mo’ljallangan.

Biz ham dupleks, ham tripleks materiallarni taklif qilamiz.

Kerakli to’siq xossalariga qarab, biz iste’molchiga kompozision materiallarning optimal tarkibini tanlashida yordam beramiz.

Ko’p qatlamli kombinasiyalangan materiallar turli xil polimer plyonkalar (polipropilen, polietilen, poliamid, polietilentereftolat va h.k.), alyuminiy zar qog’oz (folga) va qog’oz asosida kashirlash yo’li bilan ishlab chiqariladi.

Bunday materiallar o’rab joylashtirish idishi sifatida keng tarqalgan odatdagi muhrli plyonkali materiallar oldida quyidagilar tufayli muhim ustunliklarga ega:

  • bunday o’rab joylashtirish idishida mahsulotlarning uzoq vaqt saqlanishi;
  • yuqori mexanik xossalarga egaligi;
  • qatlamlararo bosma nashri;
  • o’rab joylashtirish idishi tashqi ko’rinishining yaxshilanishi.
 

Qatlamlararo bosma nashrli ikki qatlamli material

O’rab joylashtirish idishining qo’llanilish sohasi: shakar, un, yormalar, makaronlar, go’sht va baliq mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, chuqur muzlatilgan mahsulotlar, farmasevtika dori-darmonlari, maishiy kimyo va h.k.

 

Kashirlangan zar qog’oz (folga)

O’rab joylashtirish idishining qo’llanilish sohasi: sariyog’ va margarin, muzqaymoq, pishloqlar, tamaki sanoati mahsulotlari va h.k.

 

Qatlamlararo bosma nashrli va metallashtirilgan ikki qatlamli material

O’rab joylashtirish idishining qo’llanilish sohasi: chipsilar va mayda yong’oqlar, choy, qahva, qandolat mahsulotlari, maishiy kimyo va h.k.

 

Qatlamlararo bosma nashrli uch qatlamli material

O’rab joylashtirish idishining qo’llanilish sohasi: uzoq vaqt saqlanadigan quruq sut, qahva va choyning vakuumli qadoqlanishi, ketchuplar, mayonezlar, maishiy kimyo, attorli vositalari va h.k.

 

 

 

 

 

 
  • Toshkent shahri, 100052,
    Mirzo Ulug’bek tumani,
    Yangi Tarnov ko’chasi (sobiq I.Ahmad ko’chasi),
    1-tor ko’cha, 8.
  • +99871 234-77-27
  • +99871 235-42-37
  • +998 99 777 77 27 Bakhtiyor
  • +998 99 888 88 08 Sardor
  • +998 97 777 77 07 Davron
  • +998 97 333 33 03 Mohirbek
  • Diese E-Mail-Adresse ist vor Spambots geschützt! Zur Anzeige muss JavaScript eingeschaltet sein!

Xabarlar yuborish

Скачайте лучшие шаблоны Joomla тут.