“MASTER PRINT” kompaniyasi oziq-ovqat mahsulotlari, choy, mineral suvlar va sharbatlar, xalq iste’mol mollari (maishiy kimyo, attorlik mollari va pardoz-andoz buyumlari) uchun elastik o’rama joylashtirish materiallarini ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulot o’zining juda xilma-xilligi tufayli to’siqli xossalari, qadoqlash amalga oshiriladigan uskunalar talablari – yelimlash rejimlari, usullari va h.k., past yoxud yuqori ishlab chiqarish tezligi bilan farqlanadigan turli xil o’rab joylashtirishni talab qiladi.

Qayd etilgan oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste’mol mollarining barcha turlari katta hajmlarda ishlab chiqarilishi tufayli o’rab joylashtirish materialini tayyorlash, shuningdek bosmadan chiqarish yuqori tezlikka ega uskunada amalga oshiriladi.

Bosmadan chiqarish mashhur Xitoy ishlab chiqaruvchisining 8 ta rang bo’lmasiga ega va bosmadan chiqarilgan materialga kelgusi pardoz berish uchun qo’shimcha uskuna bilan jihozlangan mashinasida “chuqur bosma” usulida amalga oshiriladi.

Chuqur bosma fleksografik va boshqa nashr turlaridan o’zining sifati, asl nusxaning yanada aniqroq aks ettirilishi, nimranglarning yaxshiroq uzatilishi, material yuzasida aks ettiriladigan 1 sm.ga 70 liniya va undan ortiq tiniqlikka ega nuqtalar maydaroq bo’lganligi tufayli donadorlik mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Natijada sifatli fotografik surat hosil bo’ladi.

Rotogravyurali bosma nashr mashinalari (chuqur bosma mashinalari) alyuminiy zar qog’oz (folga), qog’oz kabi elastik materiallarda, shu jumladan PET, OPP, BOPP plyonkalari, issiqda kirishib qisqaruvchi PVX plyonka va polietilen kabi sintetik materiallarda nashr qilish uchun ishlatiladi.

Rotogravyurali bosma mashinalarda nashr qilish uchun yuqori uchuvchanlikka ega eritmalar asosidagi bo’yoqlardan foydalaniladi, bu esa yuqori tezliklarda nashr qilish imkonini beradi.

  • Toshkent shahri, 100052,
    Mirzo Ulug’bek tumani,
    Yangi Tarnov ko’chasi (sobiq I.Ahmad ko’chasi),
    1-tor ko’cha, 8.
  • +99871 234-77-27
  • +99871 235-42-37
  • +998 99 777 77 27 Bakhtiyor
  • +998 99 888 88 08 Sardor
  • +998 97 777 77 07 Davron
  • +998 97 333 33 03 Mohirbek
  • Diese E-Mail-Adresse ist vor Spambots geschützt! Zur Anzeige muss JavaScript eingeschaltet sein!

Xabarlar yuborish

Скачайте лучшие шаблоны Joomla тут.