«MASTER PRINT» kompaniyasi o’z faoliyatini ko’p yillardan beri poligrafiya bozorida amalga oshirib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida bizning firmamiz nafaqat kuchli ishlab chiqarish va texnologik bazani yaratdi, balki o’zini ishonchli hamkor, buyurtmalarning mas’uliyatli ijrochisi sifatida ham namoyon qildi. Bizning Toshkent shahrining eng markazida joylashgan ishlab chiqarish maydonlarimiz mijozlar uchun qulay yo’lak va transport uchun kirish yo’lini ta’minlaydi.

So’nggi yillar ichida ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi, keng xizmatlar majmui, hamkorlar bilan sifatli ishlar kompaniyamizni Toshkent shahridagi poligrafiya bozorining yetakchi o’rinlariga olib chiqdi. Yangi yuqori texnologik uskuna xarid qilinishi tufayli bugun bosmaxona bir vaqtning o’zida nashriyot mahsulotlari sifatiga va uni tayyorlash tezkorligi (operativligi)ga o’sgan talabni qondirish imkoniyatiga ega.

Ushbu vazifalar bajarilishini malakali xodimlar va ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida – buyurtma qabul qilib olish va mijoz bilan dastlabki suhbatdan tayyor buyurtmani topshirishgacha amalga oshiriladigan haqiqiy sifat nazorati tomonidan ta’minlanmoqda. “MASTER PRINT” kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislari mijozga materiallarni, texnologik yechimlarni tanlashda yordam berish uchun har doim tayyorlar, buyurtma bajarilishini shaxsan nazorat qiladilar. Ishda mijozning ehtiyojlarini, uning vazifalari, o’ziga xos xususiyatlari, xohish-istaklari va byudjetini tushunish ustuvor hisoblanadi. Poligrafiya mahsulotlarini ishlab chiqarishning eng zamonaviy texnika va eng ilg’or texnologiyalari mijoz manfaatlari uchun xizmat qiladi.

«MASTER PRINT» firmasi juda batartib ishlaydi, har bir xodim – o’z ishining haqiqiy ustasi bo’lib, o’z bilim va malakalarini muntazam ravishda takomillashtirib boradi. Bizning jamoa – aniq maqsad sari intilgan, mas’uliyatli, g’ayratli va ijodkor odamlarning ahil jamoasidan iborat bo’lib, ular Sizning barcha g’oyalaringizni amalga oshirishda yordam beradilar.

«MASTER PRINT» poligrafiya uyi – Sizning g’oyalaringiz yorqin timsoli!!!

  • Toshkent shahri, 100052,
    Mirzo Ulug’bek tumani,
    Yangi Tarnov ko’chasi (sobiq I.Ahmad ko’chasi),
    1-tor ko’cha, 8.
  • +99871 234-77-27
  • +99871 235-42-37
  • +998 99 777 77 27 Bakhtiyor
  • +998 99 888 88 08 Sardor
  • +998 97 777 77 07 Davron
  • +998 97 333 33 03 Mohirbek
  • Diese E-Mail-Adresse ist vor Spambots geschützt! Zur Anzeige muss JavaScript eingeschaltet sein!

Xabarlar yuborish

Скачайте лучшие шаблоны Joomla тут.