Kompaniya ayni paytda O’zbekiston bozorida issiqda kirishib qisqaruvchi PVX plyonkalarni ishlab chiqaruvchi yagona firma hisoblanadi. Biz tomonimizdan mashhur Xitoy ishlab chiqaruvchisidan xarid qilingan uskunalar 35 mkm.dan 80 mkm.gacha qalinlikdagi, 45 sm.dan 80 sm.gacha formatli plyonkani quyish imkoniyatiga ega. Bu orqali buyurtmachining ehtiyojlari qondirilib kelinmoqda.

Agar Sizning mahsulotlaringiz ishlab chiqarishda shisha, metall, yog’och yoki plastmassadan tayyorlangan murakkab egri chiziqli yuzaga ega idishlarga joylashtirilsa, Siz to’g’ri yo’nalishdasiz.

Issiqda kirishib qisqaruvchi PVX plyonka asosan keng turdagi mahsulotlar uchun o’rab joylashtirish materiali sifatida ishlatiladi. Issiqda kirishib qisqaruvchi PVX plyonkaning asosiy xossalari a’lo darajali shaffofligi va yarqiroqligi, cho’zilganda yuqori mustahkamligidan iborat. Namlik o’tkazmaydi. Kislorod uchun yarim o’tkazuvchanlik xususiyati mavjud. Yopishib qolishga biroz moyillikka ega. Teshilishlarga chidamli, yaxshi kirishib qisqaradi.

Issiqda kirishib qisqaruvchi PVX plyonkadan foydalanish ustunligi shundan iboratki, u qizitilganda o’rab joylashtiriladigan idishning geometrik shaklini qabul qiladi. Issiqda kirishib qisqaruvchi PVX plyonka qizdirib qisqartirilganda idishni zich qoplab yopishib qoladi, bu esa uni tashqi o’lchamlari va shakli bo’yicha farqlanadigan bir necha buyumlarni umumiy bitta butun qilib birlashtirish uchun ishlatish imkonini beradi.

  • Toshkent shahri, 100052,
    Mirzo Ulug’bek tumani,
    Yangi Tarnov ko’chasi (sobiq I.Ahmad ko’chasi),
    1-tor ko’cha, 8.
  • +99871 234-77-27
  • +99871 235-42-37
  • +998 99 777 77 27 Bakhtiyor
  • +998 99 888 88 08 Sardor
  • +998 97 777 77 07 Davron
  • +998 97 333 33 03 Mohirbek
  • Diese E-Mail-Adresse ist vor Spambots geschützt! Zur Anzeige muss JavaScript eingeschaltet sein!

Xabarlar yuborish

Скачайте лучшие шаблоны Joomla тут.